1. Soliq tizimini to’g’ri tanlash
O’zbekistonda korxonalar uchun bir nechta soliq rejimi mavjud: umumbelgilangan tartib yoki aylanmadan olinadigan soliq. Tanlov sizning yillik aylanmangiz va faoliyat turingizga bog’liq.
2. QQS to’lovchisi bo’lish yoki bo’lmaslik
Ma’lum aylanma chegarasidan oshgan korxonalar QQS to’lovchisiga aylanadi. Bu qo’shimcha hisobot va majburiyatlarni talab qiladi.
3. Buxgalteriya hisobini boshidanoq to’g’ri yo’lga qo’yish
Ko’plab tadbirkorlar buxgalteriya hisobini keyinga qoldiradi, bu esa keyinchalik jarima va tushunmovchiliklarga olib keladi.
4. Elektron hisob-fakturalar (EHF)
Zamonaviy soliq tizimi asosan elektron hujjat aylanishiga asoslangan — my3.soliq.uz platformasi bilan ishlashni o’rganish kerak bo’ladi.
5. Professional maslahatdan foydalanish
Boshida to’g’ri sozlangan soliq va buxgalteriya tizimi kelajakda ko’plab muammolarning oldini oladi.
INTAX ADVISORS jamoasi MChJ ochishdan tortib, to’liq buxgalteriya yuritishgacha bo’lgan barcha bosqichlarda sizga yordam beradi.
