+998 97 923 77 87 info@intax.uz Du–Ju 09:00–18:00 · Sh 09:00–14:00 my.intax.uz ↗

Maxfiylik siyosati

intax.uz saytida shaxsiy ma'lumotlaringiz qanday yig'ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishi haqida.

1. Kim ma'lumotlarni qayta ishlaydi

"INTAX ADVISORS" MCHJ SMT (STIR 312 627 295), manzil: Samarqand sh., Gagarin ko'chasi, 81"B"-uy. Aloqa: info@intax.uz, +998 97 923 77 87.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Faqat aloqa formasiga o'zingiz yozgan ma'lumotlar: ism, kompaniya nomi, lavozim, telefon raqami, tanlangan xizmat va xabar matni. Spamdan himoya uchun IP manzil ham qayd etiladi.

3. Nima uchun ishlatiladi

Siz bilan bog'lanish, savolingizga javob berish va xizmat taklifini tayyorlash uchun. Ma'lumotlar reklama tarqatish uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilmaydi yoki berilmaydi.

4. Saqlash va himoya

Ariza kompaniyamizning elektron pochtasiga yuboriladi va faqat mas'ul xodimlar tomonidan ko'riladi. Sayt HTTPS shifrlangan ulanish orqali ishlaydi. Mijoz bilan ishlash davomida olingan hujjatlar kasbiy sir sifatida saqlanadi.

5. Sizning huquqlaringiz

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni bilish, ularni tuzatish yoki o'chirishni talab qilish huquqiga egasiz. Buning uchun info@intax.uz manziliga yozing.

6. Cookie va statistika

Sayt tanlangan tilni eslab qolish uchun brauzeringizda kichik yozuv (localStorage) saqlaydi. Boshqa kuzatuv fayllari ishlatilmaydi.

Oxirgi yangilanish: 05.11.2026